“Milan” sobiq bosh direktori Paolo Taveja Chempionlar Kubogi 1988/89-yilgi mavsumi yarim finalida “Real” ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g‘alabani esga oldi.
“Jamoa tomonidan qo‘lga kiritilgan sovrinlardan tashqari, men “Real” ustidan 5:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan ham rohat olaman.
O‘yindan bir kun avval darvozabonimiz Jovanni Galli Madriddagi birinchi o‘yinda Ugo Sanches unga bir necha bor tupurganini aytdi.
O‘yin boshlanishidan avval men hakam bilan suhbatlashdim, unga Gallining so‘zlarini yetkazdim va Sanchesni kuzatuvga olishini so‘radim. Ugoning birinchi qoida buzishiyoq sariq kartochka bilan jazolandi.
“Real” 0:5 hisobidan keyin vahimaga tushib qolgandi. Bernd Shuster mening yonimga kelib shunday dedi: “Siz hakamni sotib olgansiz!”.
Unga shunday javob qildim: “Agar shunday bo‘lganda, biz 5:0 hisobida yutmagan bo‘lardik. Bizni hakamlarga ko‘p bora pora bergan direktorlaringizga o‘xshatmang”. Shundan keyin men ketdim”, — deydi Taveja.
1989-yilning aprelida bo‘lib o‘tgan qarama qarshilikning dastlabki bahsida 1:1 hisobi qayd etiladi. Milandagi o‘yinda mezbonlar Karlo Anchelotti, Frank Raykaard, Ruud Gullit, Marko van Basten va Roberto Donadonining gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan. Finalda esa “Milan” “Styaua”ni taslim etib (4:0) chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)