• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirus arab dunyosini yana to‘lqinlantirib yuboradimi? COVID-19’ning immun tizimiga ta’siri qanday? Jahon matbuoti koronavirus haqida

    Koronavirus pandemiyasi Yaqin Sharq mamlakatlari siyosiy vaziyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Yevropa Ittifoqi qarshisidagi geosiyosiy muammolar va COVID-19 ustida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida jahon matbuoti sharhi ruknining koronavirusga bag‘ishlangan navbatdagi sonida ma’lumot olasiz.

    Koronavirus “Arab bahori”ning yangi to‘lqiniga sabab bo‘ladimi?

    Yangi koronavirus pandemiyasi Yaqin Sharqdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatni yanada murakkablashtirib yuborishi mumkin va bu asosan fuqarolik urushi ketayotgan arab davlatlarida sodir bo‘ladi, deb yozadi The New York Times nashri.

    Foto: Getty Images

    Koronavirus pandemiyasi Yaqin Sharqda urush ketayotgan hududlardan bosh olib ketayotgan qochqinlarga talafot keltiradi. Bundan tashqari, koronavirus Yaqin Sharq mamlakatlaridagi qonuniylik va tartib bilan bog‘liq muammolarni ham yuzaga keltiradi. Yaqin Sharq mamlakatlari hukumatlari pandemiya borasida aholi salomatligini muhofaza qilish uchun tezkor choralarni ko‘rishga intilayotgan bo‘lsa-da, bu avtoritar rejimga asoslangan hukumatlarning hokimiyat tepasida qolishi uchun sabab bo‘la olmaydi.

    2011-yilgi “Arab bahori” isyonlari va o‘tgan yildagi norozilik namoyishlaridan olingan saboq shuki, siyosiy kuchlarning barchasi ishtiroki ta’minlanmagan siyosiy tizim, korrupsiya, adolatsizlik va iqtisodiy nochorlik texnokratiyaga asoslangan rejimlar uchun majburlov kabi choralar muvaqqat chora. Pandemiyadan so‘ng Yaqin Sharq mamlakatlarida fuqarolarni boshqaruvda ishtirok etish tendensiyasi kuchayadi. Ayniqsa, Liviya, Yaman va Suriyada pandemiya bu mamlakatlardagi siyosatga halokatli ta’sir qiladi.

    Liviya

    Polkovnik Muammar Kaddafi davrida Liviyada sog‘liqni saqlash tizimi ancha zaiflashgan edi. Uning hokimiyatdan ag‘darilishidan to‘qqiz yil o‘tib, mamlakatda bir qator fuqarolik urushlari natijasida sog‘liqni saqlash tizimi yanada abgor holatga keldi. Korrupsiya esa tizimni yanada izdan chiqardi.

    2019-yil aprel oyida boshlangan Xalifa Xaftarning xalqaro jamiyat tomonidan dastaklanayotgan bosh vazir Faiz as-Saroj hukumatini ag‘darish uchun Tripoliga qilgan zarbasi natijasida bir necha marotaba tibbiyot bo‘linmalariga hujum uyushtirildi. Dunyo hamjamiyati pandemiya bilan ovora bo‘lib qolayotgan bir vaziyatda Liviyada qurolli to‘qnashuvlar yanada avj olmoqda.

    Ikkiga ajralib qolgan mamlakatda o‘zaro kurashuvchi raqiblar pandemiya sharoitida aholi salomatligini muhofaza qilish uchun yetarli darajada ishlar olib borayotgani yo‘q. Koronavirusning oldini olish uchun komendantlik soati va ommaviy yig‘inlarni taqiqlash bilangina koronavirusga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Boz ustiga, neft narxining tushib ketishi, neft terminallarining Xaftar armiyasi tomonidan qamalga olinishi va dushmanlashayotgan elitaning o‘z jangarilariga haq to‘lashdan bosh tortayotgani kabi holatlar koronavirusga qarshi tadbirlarni samarasiz qilmoqda.

    Harbiy amaliyotlar davrida niqob taqqan liviyalik jangarilar.

    Harbiy amaliyotlar davrida niqob taqqan liviyalik jangarilar.
    Foto: Getty Images

    Mamlakatda siyosiy hokimiyat qurolli guruhlarga tobe ekan, mazkur guruhlar sog‘liqni saqlashdagi inqirozdan o‘z nufuz va ta’sirlarini yoyishda foydalanishi ham mumkin. Xaftar nazoratidagi jangarilar shimoliy Liviyadagi shifokorlarga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat borasida haqiqatni aytgani uchun tahdidga uchramoqda. Liviyaning bir tumanida koronavirus aniqlanadigan bo‘lsa, u holda mazkur tumanning aholisi jangarilarning shafqatsizligiga ham duchor bo‘lishi mumkin.

    Yaman

    Liviya bilan solishtirganda Yamandagi vaziyat anchayin dahshatli tus oldi. Yamanda urush va kasalliklar simbioz holatda yashamoqda. Hozirgi zamonda Yamanda yuzaga kelgan vabo kasalligini tarqalishi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi shifoxonalarni, suv ta’minoti markazlarini havo hujumi nishoniga aylanishi natijasi hisoblanadi.

    Harbiy amaliyotlar natijasida bugunda yamanliklar ocharchilikni boshidan kechirib, yamanliklarning hayoti bugunda xorijdan keladigan yordam va yoqilg‘i importiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bugun Yamanda koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilmaganini, avvalo, mamlakatda virusni aniqlashga yordam beradigan testlarning mavjud emasligi bilan izohlash mumkin. Koronavirus pandemiyasi kuchayadigan bo‘lsa, yamanliklar koronavirus va ocharchilik o‘rtasida qolib ketadi.

    Harbiy amaliyotlar Yamandagi sog‘liqni saqlash tizimini parokanda qildi, shifokorlar mamlakatdan qochib chiqmoqda. Virus tarqaladigan bo‘lsa, aholi zich yashaydigan mamlakatda yanada ko‘proq qurbonlar bo‘lishi, mamlakatda jangari guruhlar hokimiyatni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

    Suriya

    Suriya ham o‘z tarixi mobaynidagi eng murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Assad rejimi va uning himoyachisi rasmiy Kreml qurolli kuchlari mamlakatda muxolifot qo‘l ostida bo‘lgan hududlarga havo zarbasi bermoqda. Natijada mamlakatda shifoxonalar vayron bo‘ldi. Uch million aholiga ega bo‘lgan Idlib viloyatida bor-yo‘g‘i 153 dona sun’iy nafas oldirish apparati mavjud. Suv ta’minotidagi uzilishlar, aholining o‘ta zich joylashuvi kabi holatlar Idlibda koronavirusdan vafot etadiganlar soni 100 mingdan oshib ketishini taxmin qilishga asos bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Suriya iqtisodiyoti inqirozga yuz tutgan, Suriya lirasi esa qadrsizlanishda davom etmoqda. Koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar Suriyada iqtisodiy tanglik va tibbiy yordam olishning imkonsizligi sabab bir qator norozilik namoyishlari bo‘ldi. Hozirgi vaziyatda bunday noroziliklar yanada avj olishi mumkin.

    Yaqin Sharq mintaqasining boy mamlakatlari ham neft narxining arzonlashuvi natijasida mashaqqatli davrlarni boshidan o‘tkazyapti. Sayyohlikni, logistikani va savdo-sotiqni rivojlantirish istiqbollari hozircha ko‘rinmayapti. Boy arab mamlakatlari mazkur iqtisodiy qiyinchilik davrida o‘z davlatlari budjetlarini cheklashga majbur bo‘lmoqda. Shunday bir vaziyatda boy arab mamlakatlari saxovatidan Misr, Marokash va Iordaniya kabi mamlakatlar mahrum bo‘lishi aniqroq bo‘lib qoldi. Koronavirus sabab bu mamlakatlarda yuzaga kelgan og‘riqli vaziyat biroz tinchigan, norozilik uyushtirayotganlar yangi kuch to‘plash uchun hozir karantinda yangi rejalar tuzayotgan hamdir.

    Arab davlatlari rahbariyati qiyinchiliklar oldida bugun yakkama-yakka qolmoqda. Shunday og‘ir damlarda boy arab ko‘rfazi mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar, AQSh va Yevropa Ittifoqi olib keladigan yordam bu safar bo‘lmaydi. Xalqaro tashkilotlar iqtisodiy qiyinchilikni boshidan kechirayotgan arab mamlakatlariga ma’lum miqdorda yordam bersa-da, ularning ham xalqaro resessiya kuzatilayotgan bir davrdagi mablag‘lari zaxirasi cheklangan. Yevropa Ittifoqi koronavirusdan misli ko‘rilmagan darajada aziyat chekmoqda. AQSh esa koronavirus sabab ichki siyosati bilan ovora bo‘lib qoldi.

    Arab mamlakatlari hozircha vaziyatni o‘nglashi mumkin. Buning uchun kichik o‘zgarishlardan boshlab, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni chuqur tubdan o‘ylab ko‘rish – boshqalarning qo‘li bilan olib borilayotgan siyosiy nizolardan voz kechish kerak.

    Koronavirus pandemiyasi Yevropa geosiyosatiga qanday tahdidlarni keltirmoqda?

    Xalqaro munosabatlarda Yevropa kengashi saytida keltirilishicha, Yevropa Ittifoqi virus bilan bog‘liq inqirozdan so‘ng ham avvalgi geosiyosiy  muammolar qarshisida qolaveradi. Lekin bu safar Yevropa hamjamiyati mavjud muammolarni hal qilish uchun birdamlik va ishonchga ko‘proq muhtojlik sezishi aniq.

    Foto: Getty Images

    Koronavirus dunyoning oxiri ham emsaligini nazarda tutish muhim ekan, virus bilan bog‘liq inqiroz Yevropa kengashi raisi Ursula fon der Lyayen va Xalqaro munosabatlar va xavfsizlik raisi Jozef Borelning dastlabki rejalarini ham xavotir ostiga qo‘ymoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan saboq olgan holda o‘z vatandoshlarini izolyatsiyada qolishga chaqiryapti va milliy hukumatlarini karantin sharoitiga moslashtiryapti. Yevropa Ittifoqi manzarasi o‘zgarishi aniq bo‘lsa-da, geosiyosat virus qurboniga aylanmasligi ham bor gap.

    Inqiroz davrida Yevropa sog‘liqni saqlash tizimini va iqtisodiyotini qayta ko‘rib chiqish masalasi ko‘ndalang turgan ekan, Yevropa Ittifoqi uchun geosiyosat har qachongidan ham ko‘proq tabiiy zaruratga aylanadi. Chunki koronavirus allaqachon Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati uchun xavflarni yuzaga keltirdi. Bu xavflar, avvalo, nimalarda ko‘rinmoqda?

    Birinchidan, Italiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida birdamlik borasida yuzaga kelgan darz. Virus Yevropa ko‘chalarida kezib yurgan bir vaziyatda niqoblarning, sun’iy nafas oldiruvchi apparatlarning yetishmasligi kabi muammolar bilan yakkama-yakka qolib ketganligi-yu, janubiy Yevropadagi ittifoqdoshlarning sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar Yevropa Ittifoqi har qachongidan birdam degan g‘oya ro‘yo ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Shuningdek, virus bilan bog‘liq inqiroz birdam Yevropaning mustaqil xavfsizlik va mudofaa tizimlarini yaratishga bo‘lgan urinishini ham soya ostiga olmoqda. Virusga qarshi kurashishda tarqoq harakat qilayotgan Yevropa hamjamiyati a’zolarining bunday bir vaziyatda tashqi xavflarga birdam bo‘lib harakat qilish g‘oyasi quloqqa g‘alati eshitilarkan.

    Yevropa Ittifoqi markaziy bankining virus inqirozi paytida a’zo mamlakatlarga 750 milliard yevroga yaqin mablag‘ni ajratishi borasidagi bayonoti ham Rossiya va Xitoyning Italiyaga ko‘rsatayotgan yordamlari oldida hech qanday samara bermayotgandek. Rossiya va Xitoyning Italiyaga ko‘rsatayotgan amaliy yordami va 750 milliard yevrolik yordam qiyoslanganda keyingisi faqat asablarni junbushga keltirmoqda.

    Xolisona qaralganda, Yevropa Ittifoqi virusga qarshi kurashda boshqalarga solishtirganda yaxshiroq uddalayapti. AQSh hukumati virus bilan bog‘liq inqirozdan avval o‘zini qanday manfaatparast sifatida tutib kelgan bo‘lsa, o‘z odatiga ko‘ra ish yuritmoqda. Tashqaridan qaraganda rus propagandasi va Xitoyning agressiv qudratini namoyish qilayotgani yaxshi taassurot uyg‘otmaydi.

    Foto: Getty Images

    Rubl qadrining 25 punktgacha pastlab ketgani manzarasida dunyo bozorlarida neft narxining 30 dollardan arzon sotilayotgani ortidan saudiyaliklarning rus nefti xaridorlarini o‘zlari tomon og‘dirib olayotgani va Xitoy hukumatining virus inqirozining ilk davrlarida virusga qarshi muvaffaqiyatsiz harakati va virus nazoratga olingach, ko‘plab niqoblarni ishlab chiqarishga o‘tgani kabi holatlar bir necha serbiyalik hamda italyanlarni ularga mahliyo qilishi turgan gap, ammo boshqa yevropaliklar ulardan masofa saqlab harakat qilishlari ham rost.

    COVID-19 sharoitida ba’zi sharqiy Yevropa mamlakatlari, Bolqon mamlakatlari va Yaqin Sharq Yevropa Ittifoqi manfaatlariga ziyon keltiradigan usulda harakat qilmoqda. Ukraina Donbas masalasida Kiyev va Moskva o‘rtasida shaffof bitimga kelishuv borasida shubha qilmoqda, Moldova va Gruziya kuzda bo‘lib o‘tadigan noshaffof saylovlarga tayyorlanmoqda, Livan hukumati defoltni boshidan kechirmoqda, Rossiya va Turkiya kelishuvlariga qaramasdan Idlibda turk askarlari halok bo‘lmoqda.

    Yevropa Ittifoqi virus bilan bog‘liq krizisdan so‘ng pandemiyadan avvalgi muammolarga duch keladi, faqat bu safar Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlari sog‘liqni saqlash tizimini oyoqqa turg‘izib, o‘z iqtisodiyotini qutqarishga yordam beradigan zaxiralarni asrab, Yevropa geosiyosatini oldinga surishga yordam beradigan mablag‘ va birdamlikka ko‘proq ahamiyat berib harakat qilishlari lozim. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi koronavirusdan so‘ng o‘z qo‘shnilarining iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun zaxira fondi tashkil qilishi mumkin.

    Shu bilan birgalikda, Yevropa Ittifoqi xalqaro hamjamiyat sifatida sanksiyalar qo‘llash siyosatini kuchaytirishi talab etiladi, ya’ni faqat AQSh kompaniyalari ustidan shikoyat qilishni kamaytirib, Yevropa Ittifoqida biznes yuritayotgan va Yevropa Ittifoqi qonunlarini buzayotgan kompaniyalarga ham o‘z sanksiyalarini joriy qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘ng barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Fransiya ilgariga surayotgan Senegal shimoli, Mavritaniya janubi, Mali, Burkina Faso shimoli, Jazoir, Niger, Nigeriya shimoli, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Janubiy Sudan, Eritreya, Efiopiya shimolidagi murakkab vaziyatni hal qilishda birlashishi kerak bo‘ladi.

    Agar mazkur vazifalar o‘zaro tushunish va milliy manfaatlardan voz kechib harakat qilinsagina, Yevropa Ittifoqi kelajagi uchun yorug‘ kunlarni keltirishi mumkin, aksincha bo‘lsa, biz bilgan Yevropa Ittifoqi sekin-asta parchalanishi, g‘oya nima bo‘lganda ham g‘oyaligicha qolishi mumkinligi haqidagi aksiomaga aylanishi mumkin.

    COVID-19 qanday halok qiladi?

    Mashhur The Nature nashri COVID-19’ni davolash jarayonida shifokorlarda yuzaga kelayotgan shubha va gumonlar haqida fikr bildirdi. Shifokorlar Naxarida COVID-19 virusiga chalingan bemorlarning immun tizimi ularning sog‘ayishiga to‘sqinlik qilayotgani haqida aytdi. Shu sababli bugun tibbiyot xodimlari va tibbiyot olimlari oldida inson immun tizimiga ziyon yetkazmagan holda koronavirusni qanday davolash mumkinligi vazifasi ko‘ndalang bo‘lmoqda.

    Foto: Getty Images

    Aynan qanday omil insonlarni koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumishiga olib keladi – immun tizimimi yoki virusning o‘zimi degan masala shifokorlarda virusga chalingan bemorlarni davolashda optimal muolaja usulini topishiga to‘sqinlik qilmoqda.

    Klinik ma’lumotlarga asoslaniladigan bo‘lsa, koronavirusga chalingan bemorlar zaiflashib, vafot etayotganlarida immun tizimining ham roli muhim ekanini ko‘rsatmoqda. Ammo hozirda virusga qarshi qo‘llanilayotgan ayrim malham dorilar inson immun tizimini zaiflashtiradi va bunday preparatlar organizmning virusga qarshi kurashishida xalaqit beradi degan fikr ham mavjud.

    IGM BioSciences biotexnologik kompaniyasining direktori Daniel Chen fikricha, eng dahshatlisi virusga chalingan bemorlar infeksiyaga qarshi kurashayotgan o‘z immun tizimini zaiflashtirishga qo‘l urayotgani, deydi.

    Malham ortidan quvib

    Bugun ko‘p mamlakatlarda koronavirus asosiy muammoga aylanib, shifoxonalar virusga chalingan bemorlar bilan to‘lib toshgan bir vaziyatda shifokorlar oxirigacha o‘rganilmagan dori vositalaridan foydalanib, o‘z bemorlari sog‘lig‘i uchun kurashmoqda. Hattoki bemor hayotini saqlab qolish uchun natijasi tekshirilmagan dori vositalaridan ham foydalanishmoqda.

    Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti klinikasi anesteziologi Kennet Beyli nazarida, shifokorlar o‘z ko‘z oldida hayoti so‘nib borayotgan bemorni qutqarish uchun natijasi bo‘lishi kerak bo‘lgan har qanday dori vositasidan foydalanishga urinmoqda.

    Xitoyda virus bilan kasallanganlarda o‘pkaning ishdan chiqishigina emas, aksincha, inson immun tizimining virusga qarshi haddan ortiq qarshilik ko‘rsatishi ham o‘lim holati qayd etilayotganini ko‘rsatmoqda. COVID-19 bilan og‘ir formada kasallangan bemorlarning qon tarkibida sitokin oqsillarining katta miqdori topildi va aynan shu oqsillar bemor immun tizimini virusga qarshi kuchli reaksiyani hosil qilgani tekshiruvlarda aniqlandi.

    Foto: Getty Images

    Ular orasida interleykin-6 oqsili immun tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan makrofaglarni ham virusga qarshi turishda qo‘zg‘atgan. Makrofaglar shamollashni kuchaytiribgina qolmasdan, o‘pkaning sog‘lom hujayralarini ham zararlashi mumkin. Sitokinlar xuruji esa OITS infeksiyasi davrida ham kuzatiladigan jarayon.

    Mukammal malham shunday bo‘lishi kerakki, u interleykin-6 faolligiga to‘sqinlik qilishi va o‘pkaga makrofaglar o‘tkazishini oldini olishi lozim. Bunday preparatlar Il-6 nomi bilan revmatoid artrit va boshqa kasalliklarni muolaja qilishda qo‘llanilib kelinmoqda. Uxanda ham mazkur preparat koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni muolaja qilishda foydalanildi.

    Immunitet muammolari

    AQShning Merilend shtati Bedeste onkologik kasalliklarni davolash instituti immunonkologi Jeyms Galli nazarida Il-6 ingibitorlari nihoyatda kamligi bois dunyo shifokorlari immun tizimini zaiflashtiradigan steroidlardan keng foydalanmoqda. Il-6 ingibitorlari bemor organizmida COVID-19’ga qarshi kurashda qo‘l kelmoqda. Ammo ayrim steroidlar va preparatlar organizmni virusga qarshi kurashishida holsizlantirishi ham bor gap. Sababi ular makrofaglarnigina zaiflashtiribgina qolmay, muhim bo‘lgan virus “antikilleri” bo‘lgan CD-4 T, CD-8 T hujayralarini ham ishdan chiqarmoqda.

    Oksford universiteti tadqiqotchisi Piter Xorbi steroidlardan kam dozalarda koronavirusni davolashda ishlatilishi hali ma’lum natijalarni bergani yo‘qligini bildirsa-da, mazkur preparat koronavirusni muolaja qilishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nufuzli vakillari tomonidan tavsiya etilayotganini ham ta’kidlaydi.

    Steroidlardan koronavirusga chalingan bemorlarni muolaja qilishda keng foydalanilayotgan ekan, natijalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum bir samara berishi mumkin. Asosiysi, klinik tadqiqotlar va kuzatishlar olib borilmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    11.04.2020, 14:16   Izoh (0)   100403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan o‘nlab insonlarda yana COVID-19 aniqlandi

    11.04.2020, 13:56

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 859 kishiga yetdi

    11.04.2020, 13:14

    Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 339 kishiga yetdi

    11.04.2020, 12:54

    Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat qayd etildi

    11.04.2020, 12:23

    Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar 100 ming kishidan oshib ketdi

    11.04.2020, 11:52

    Tojikiston koronavirus xavfi sababli xorijliklarning mamlakatga kirish-chiqishini vaqtinchalik taqiqladi

    11.04.2020, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.