• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Vahima emas, beparvolik asl tahdiddir. Vahima karantinda yordam berishi mumkinmi?

    Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi qat’iy va keskin kompleks tadbirlar qilinishini taqozo etmoqda. Karantin vaqtida davlat har qanday harakatning jamiyat xulq-atvoriga ta’sir qilishini hisobga olishi lozim.

    Karantinda vahima ko‘tarmaslik muhim deyishadi. Lekin ayrim tadqiqotchilar, aksincha, vahima, qo‘rquv bunday vaziyatda yordam beradi deb hisoblaydi: biroz vahimasiz ko‘pchilik vaziyatning jiddiyligini anglashga qodir emas. The New York Times gazetasining ilmiy muharriri Benedikt Kerri karantinda va boshqa favqulodda vaziyatlarda vahimaning o‘rni haqida maqola chop etdi. “Daryo” ushbu faktlarni tahlil qilishni so‘rab ijtimoiy fe’l-atvor bo‘yicha mutaxassis Mahmud Polvonovga murojaat etdi.

    Xavfni munosib baholamaslik va kognitiv xatolar

    Guvohi bo‘lyapmizki, karantin qoidalariga rioya qilmaslik, o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishi ko‘p uchramoqda. Aqliy jihatdan qarasak, kasallik yuqtirish, o‘z yaqinlari sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish nooqilona va inson bunday qilmaydi deb o‘ylash mumkin. Lekin inson xulq-atvori turli qat’iy kognitiv yanglishishlar bilan chambarchas bog‘liq.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nega odamlar karantin qoidalariga beparvo? Taqiqlarga qarmay ko‘chaga chiqadi, to‘planadi, bozordan ko‘proq xarid qilishga urinadi, to‘y uyushtiradi, chet eldan kelib karantinga amal qilmaydi?

    O‘ta optimizm (overoptimism) va vahima

    Inson xulq-atvoriga oid tadqiqotlarga ko‘ra, insonlar ko‘pincha xavf-xatarni yetarlicha baholamaydi. Bu deyarli barchamizga xos: “Virus menga yuqmaydi”, “Bu holat men bilan sodir bo‘lmaydi”, “bir martada yuqmasa kerak”, “bu yerga hali virus kelmagan”, “bu odam soppa-sog‘, u kasal emas”, “kasal bo‘lsam bo‘libmanda, o‘ldirmas ekanku, grippdan qancha odam o‘ladi” kabi fikrlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Masalan, ko‘chaga chiqayotganda yo‘l harakati hodisasiga uchrash xavfimizni deyarli hisobga olmaymiz, shoshilib ishga chopamiz, aslida, kichik bo‘lsada xavf har doim mavjud.

    Bu ongimizdagi tezkor qaror qabul qilish tizimidagi yanglishishlar bilan bog‘liq. Bu yanglilishlar mutlaqo salbiy emas, tez qaror qabul qilish, tavakkalchilik uchun u zarur, biroq ayrim hollarda nojo‘ya ta’siri bor. Ayrimlar esa xavfni o‘ta yuqori baholab vahimaga tushadi: magazinlardan oziq-ovqat va tualet qog‘ozlarini supurib olib ketishlarini eslang.

    Yevropa qaror qabul qilish bo‘yicha assotsiatsiyasi prezidenti Ido Erev fikricha, 10–30 foiz odam xavfni yuqori baholaydi, vahimaga tushadi va keskin choralar ko‘radi. Lekin ular kamchilik. Ko‘pchilik esa xavfni yetarli baholamaydi, beparvo bo‘ladi, uyda qolishni istamaydi, karantin qoidalariga amal qilmaslik ko‘payadi.

    Amal qiladiganlar ham kam emas dersiz. Lekin ular ham 5–10 kun uyda o‘tirgach, o‘zini xavfsiz hisoblay boshlaydi va karantin qoidalariga beparvo bo‘ladi.

    Vahimasiz karantin

    Negadir bizda avvaliga karantin qoidalariga beparvolikdan ko‘ra vahima xavfliroq deb qabul qilindi. Hamma joyda vahima tarqatish jazoga sazovorligi uqtirildi. Vahimasiz karantin targ‘ib qilindi. To‘g‘ri, vahima aslo yaxshi narsa emas, u ruhiy og‘ish hisoblanadi. Lekin ko‘rib turganingizdek, u kamchilikda kuzatiladi va jamiyat uchun xavflilik darajasi ham beparvoliknikidek emas.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Vahima xavfini yuqori baholash yoki boshqa sabablar natijasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha karantindagi shaxslar va davolanishdagi bemorlarning mobil telefonlarini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilindi. Lekin bu ham yuqoridagi kabi ko‘p narsa hisobga olinmagan va nomutanosib chora edi. Bemorga sog‘ayishi uchun ijtimoiy aloqalar zarurligi ilmiy isbotlangan. Qolaversa, mobil telefonlar bugungi kunda oddiy buyum emas. U bizning eng muhim shaxsiy, oilaviy, tijorat va boshqa sirlarimizni o‘zida saqlaydi. Telefonlarni olib qo‘yish emas, dizinfeksiya qilib egasiga qaytrish to‘g‘ri bo‘ladi.

    Qaror qabul qilishda tadqiqot va hisob-kitobga tayanmaslik, inson xulq-atvorini hisobga olmaslik

    Masalan, kuni kecha maxsus komissiyaning shaharlarda avtomobil harakatini cheklash bo‘yicha qabul qilgan qarorini olaylik. Umuman olganda, kasallik tarqalishining oldini olish nuqtai nazaridan zaruriy va mantiqiy qaror. Biroq u aniq hisob-kitoblarga tayangan va insonlar xulq-avtori (xususan uning kognitiv xatoliklar natijasida harakat qilish mumkinligi) hisobga olingan deb bo‘lmaydi.

    Natijada esa inson ongidagi beparvolik va vahima kabi kognitiv xatoliklar xulq-atvorda o‘zini ko‘rsatdi: avtomobil harakati uchun ruxsatnomalar olishda odamlar to‘planishi, bozor va do‘konlarda oziq-ovqatni vahima bilan ko‘p olish natijasida vaqtinchalik yetishmovchilik yuzaga keldi.

    Komissiya taxminan nechta avtomobilga ruxsatnoma berilishi mumkinligini, bunga qancha vaqt va kuch sarflanishini, uni berish muddatlari va uning jamiyat hayotiga ta’sirini, ruxsatnoma bo‘yicha manfaatdorlarni xabardor qilish mexanizmlarini, bu tadbirga insonlar reaksiyasini hisobga olmadi.

    Zero insonlar zaruriyat nuqtai nazaridan ruxsatnoma olishga yopirilib borishi (vaqt qisqa), yoki cheklov oqibatida oziq-ovqat olib kelish qiyinlashadi deb o‘ylab, do‘konga chopishlari normal va kutiladigan hodisa. Axir inson ongi cheklangan va qaror qabul qilishda bu cheklanganlik ayniqsa ko‘proq namoyon bo‘ladi. Yoki ishonchli ma’lumot olishdagi cheklanganlik. Karantin choralari e’lon qilingunga qadar, hatto undan keyin ham chet eldan kelgan potensial xavfli guruhlar o‘z uylarida karntinga olinishi bunga misol bo‘la oladi.

    Qaror qabul qilishda nimalarni inobatga olish kerak?

    Ayni paytdagi davlat tomonidan qabul qilinadigan qarorlar har doimgidan ham ta’sirli bo‘lishi kerak. Bu qaror qabul qiluvchilar faoliyati qanchalik samarali ekanini ko‘rsatadi. Ularing qisqa vaqt ichida amalga oshib, ta’sirchanligi orqali muammoni tez bartaraf etishi talab qilinyapti. Bunday qarorlar esa yuqorida ta’kidlanganidek, katta ma’lumotlar tahliliga, imkon qadar aniqroq hisob-kitoblarga asoslanishi, doimiy xabardor qilshi va eslatish, to‘g‘ri xulq-atvorga yo‘naltirish, qoidani buzganlarga nisbatan doimiy va o‘ta qattiq bo‘lmagan jazo choralari qo‘llash kabilar kiradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ta’kidlash lozimki, qoidani buzganda jazo chorasi qattiqligi jarimaning kattaligi bilan emas, doimiy va muqarrarligi bilan samaralidir. Umuman olganda, inson xulq-atvori, uning qaror qabul qilish xususiyatlari, inson va jamiyat xulq-atvoriga samarali ta’sir ko‘rsatish, davlat tomonidan qaror qabul qilishda bularni hisobga olish o‘tgan asrdyoq yetarli darajada o‘rganilgan va samarali foydalanilyapti. Bunday tadqiqotlar avvaliga alohida davlat organlari bo‘linmalari va hozirda nodavlat tashkilotlarga o‘tkazilib, davlat siyosatida keng qo‘llanilmoqda.

    Karantin qancha davom etishi keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish

    Koronavirus xususiyatlari, tarqalishi, o‘lim darajasi haqida ishonchli va oxirgi ma’lumotning yetishmasligi choralarni baholash qiyinligini anglatadi. Bugun virus keng tarqalgan mamlakatlarda virus yuqtirganlarning, kunlik yangi yuqtirayotganlarning soni aniq emas, test qilinmagan ko‘plab odamlar bo‘yicha ma’lumot yo‘q. Lekin virus tarqalish to‘lqinini pasaytirish, kasalxonalar to‘lib, davolashda tartibsizliklar bo‘lmasligi uchun keskin choralar ko‘rmasdan iloji ham yo‘q.

    Masalan Buyuk Britani avvaliga keskin choralar ko‘rmadi, maktab va ommaviy joylarni yopmadi. Hukumat virus baribir tarqalishi va 60 foiz aholi bu kasallikka chalinishi, immunitet hosil qilishi muqarrar deb, iqtisodiy zarar keltiruvchi karantinni joriy etmagandi. Lekin 23-mart kuni B.Jonson karantin e’lon qildi.

    Qolaversa, virusga qarshi vaksina ishlab chiqishga ko‘p vaqt ketishini hisobga olsak, radikal choralar bilan bunday muddat yopiq ushlab turish imkonsiz. Bu choralar turli mamlakatlarda va butun dunyoda qancha muddat davom etishi, qanchalik samara berishi mumkinligini bilmaymiz. Lekin uzoq muddat qattiq karantin dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’siri oqibatida turli tartibsizliklar, inqirozlar va jamiyat yemirilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli karantinni imkon qadar aniq hisob-kitob va qat’iy choralar bilan eng qisqa muddatda o‘tkazib, tezroq cheklovlarni bekor qilsh masalalarini ko‘rish kerak.

    Xulosa shuki, davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar tezkor natijaga erishishi kerak bo‘lganda doim aniq tadqiqotlarga asoslanishi lozim. Tadqiqotlar esa tegishli mutaxassislar tomonidan aniq hisob-kitoblar, ma’lumotlarni tahlili qilish, kishilar xulqini hisobga olishni taqozo qiladi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    05.04.2020, 12:43   Izoh (0)   105454
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.