Koronavirus karantini vaqtida Irina Sheyk, 3 yashar qizi Leya bilan birinchilardan bo‘lib o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilgandi. Model boshqa yulduzlar singari bir marotaba ham izolyatsiya qoidalarini buzmadi, ko‘zga ko‘rinmadi. Elle’ning yozishicha, kutilmaganda Nyu-York ko‘chalarida niqob taqqan Irina paparatssi nishoniga aylandi.

Foto: Elle

34 yoshli yulduz art-diller Vito Shnabel bilan birga ko‘chada yurgani aks etgan fotolar tarqadi. Unda modelning klassik ko‘k jinsi shim, oq tekstil jemfer va Max Mara’dan ko‘k shuba kiyganini ko‘rish mumkin. Qora shapka kiygan Sheyk, qora botinka ichiga shimini kirgizgan. OAV, u kiygan kiyim-kechaklardan ham ko‘ra, ko‘proq tibbiyot niqobiga e’tibor qaratdi. Modelning obrazi niqob bilan yanada mukammal bo‘lsa bo‘lganki aslo buzilmagan.

Foto: Elle

Foto: Elle