Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Szinxua shahrida otaning tez harakat qilishi yosh bolaning avtomobil ostida qolib halok bo‘lishining oldini oldi. Newsflare nashri videokuzatuv kamerasi tasvirlarini e’lon qildi.

Foto: Newsflare

Hodisa xitoylik erkak kichkina o‘g‘li bilan yo‘lni kesib o‘tayotganida yuz bergan. Mashinalardan biri piyodalar o‘tish joyida tormoz bermay, katta tezlikda o‘tib ketavergan. U bolani bosib ketishiga bir baxya qolganida ota o‘g‘lini ko‘tarib tortib qoladi.

Mashina bir soniya avval bola turgan joyni bosib, keyin to‘xtagan. Xitoylik erkak e’tiborsiz haydovchiga baqirib bergan.