Koronavirus karantini tufayli balet bo‘yicha murabbiy Ameliya Klirxart mashg‘ulotlarni uyidan onlayn o‘tkazishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Murabbiy o‘z o‘quvchilariga balet harakatlarini o‘rgatayotgan paytda mushugi Avrora unga xalaqit berdi.
Klirxart raqsga tushayotganida mushuk uning oyog‘iga o‘ralashdi. Ammo mushuk bu bilan qanoatlanmadi. U murabbiyning o‘ziga bir necha harakatlarni qanday qilish bo‘yicha dars o‘tmoqchi bo‘ldi. Avrora ogohlantirishsiz murabbiyning qo‘liga sakrab chiqib oldi. Ayol mushukni zo‘rg‘a tutib qoldi.
Klirxart kulib yubordi va Avroraning shouda ishtirok etgisi kelayotganini aytib kulib yubordi. Murabbiy shu bilan onlayn darsni to‘xtatib, mushugi bilan zudlik bilan gaplashib olishi kerakligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)