O‘zbekistonliklar so‘nggi paytlarda smartfonlariga ko‘proq o‘yinlarni yuklay boshladi. Bu haqda App Annie servisi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Foto: TechCrunch

1-martdan 15-martgacha o‘zbekistonliklar o‘rtasida eng ko‘p yuklangan 100 ta dasturning 17 foizini o‘yinlar tashkil etgan bo‘lsa, 15-martdan 30-martgacha bu ko‘rsatkich 58 foizga o‘sgan. Bu iOS  va Android qurilmalariga birdek tegishli.

Android’da ishlovchi smartfonlar egalari, masalan, Slap KingsHunter AssassinSubway SurfersPUBG MobileFun Race 3DCover StrikeStickman Party va boshqa o‘yinlarni ko‘proq yuklab olmoqda.

iOS tizimida ishlovchi smartfondan foydalanadiganlar esa PUBG MobileDurak OnlineSlap KingsSpecial Force Group 2Call of Duty: MobileArrow Master, Save The Girl!Dream League Soccer 2020 va boshqa o‘yinlarni tanlagan.

Karantinda o‘zbekistonliklar o‘rtasida ommalashgan mobil dasturlar orasida yetkazib berish xizmatlari (LeBazar, Express24), videoservislar (Allplay, Mediabay), ijtimoiy tarmoqlar (VK, TikTok) ham bor.

Eng ommabop 100 ta mobil dastur ro‘yxatiga ilk marta Netflix ham qo‘shilgan.