“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Bugatti Centodieci avtomobilini sotib oldi, deya xabar qilmoqda Bild.
Portugaliyalik futbolchi avtomobilga 9,5 million yevro sarflagan. Bugatti Centodieci modeli bor-yo‘g‘i 10 nusxada chiqarilgan. Ronaldu avtoulovni 2021-yilda qabul qilib oladi.
Ronalduning avtoturargohida Bugatti kompaniyasining Veyron va Chiron markalari ham mavjud. 2019-yilning aprelida Ronaldu dunyodagi eng qimmat avtomobil — Bugatti La Voiture Noire’ni sotib olgandi.
Centodieci — italyanchadan “110” deb tarjima qilinadi. U 1990-yillar boshida limitlangan nusxada chiqqan EB110 superkariga bag‘ishlab ishlab chiqildi. O‘rtamotorli giperkar 1600 ot kuchiga ega 8-litrli W16 dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 100 kilometr/soat tezlikka chiqish uchun 2,4 soniya vaqt sarflaydi. Maksimal tezlik — 380 km/soat.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)