“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining avtoparkini yana bitta avtomashina bilan boyitdi. Bu haqda La Stampa xabar berdi.
Foto: Google Images
Portugaliyalik Bugatti Voiture Noire avtomashinasini 11 million yevroga sotib oldi. Voiture Noire dunyodagi eng qimmat avtomobil hisoblanadi.
Foto: Google Images
Giperkar 1500 ot kuchiga ega va soatiga 420 kilometr tezlikkacha chiqishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!