Bred Pitt va Anjelina Joli ajrashganidan so‘ng farzandlari bilan ko‘rishishga ko‘p bor uringan 56 yoshli aktyorning farzandlari otasi bilan bo‘lishni istamoqda, deb yozadi Cosmopolitan.
Koronavirus sabab e’lon qilingan karantinda boshqalar qatori mashhurlar, xususan, Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt ham o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan. Bu vaqtda juftlikning farzandlari onasidan-da ko‘ra otasi bilan bo‘lishni istamoqda.
Aktyor do‘stining ta’kidlashicha, bolalar Bred bilan birga vaqt o‘tkazishdan baxtli, o‘zlarini tinch va himoyada his qiladi. Bred ularni uyida ko‘rishdan xursand, lekin farzandlarini kim bilan yashash haqidagi qarorni Anjelina qabul qiladi.
Ta’kidlanishicha, bolalar darslarini tayyorlab bo‘lgach, Bredga bajonidil uy ishlariga yordamlashmoqda. Ayniqsa, 13 yoshli Shaylo onasidan Pitt bilan yashashni iltimos qilmoqda. The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, ota va qiz o‘rtasidagi o‘ziga xos iliq munosabatlar Shayloning turli qiyinchiliklarni yengib o‘tishida ahamiyatli.
Avvalroq juftlikning farzandlari Shaylo va Zahara jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgani va aktyor shunday vaqtda qizlari yonida bo‘lishi kerakligi uchun nufuzli marosimdagi ishtirokidan voz kechgandi.
Mavzuga doir:
- Bred Pitt ishtirokidagi filmlar bo‘yicha test. Gollivud yulduziga qay darajada muxlissiz?
- Bred Pitt aktyor sifatida birinchi bor “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi
- Anjelina Joli familiyasini o‘zgartirdi
- Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashdi
- Bred Pitt o‘z dugonalarining tashqi ko‘rinishiga taqlid qilishi aniqlandi (foto)
Izoh (0)