Koronavirus epidemiyasida odamlarni uyda o‘tirishga chorlagan dizaynerlardan biri Simon Port Jakmyus Instagram’da original tarzda yangi fleshmob boshlab berdi, deb yozadi Vogue.
Jakmyus kiyim-kechaklar, idishlar, boshqa buyumlar — qo‘lga nima ilinsa, o‘sha narsalardan fantaziyani ishga solib, natyurmort qilishni tavsiya qiladi. Asosiysi esa buyumlar jamlanmasi yuz qiyofasiga hamda dizaynerning mualliflik ishlaridan biriga o‘xshagan bo‘lishi kerak.
Quyida dizayner boshlab bergan #jacquemusathome heshtegi orqali Instagram’ga joylangan va dizayner e’tiboriga sazovor bo‘lgan kadrlarni havola etamiz.
Izoh (0)