Amerikalik aktyorlar Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

The Blast yozishicha, yaqinda sobiq er-xotin ajrashish uchun ariza bergan edi, sud esa ularning da’vosini qondirdi.

Aniqlik kiritilishicha, Joli va Pitt ajrim haqidagi qog‘ozlarni imzolashi qolgan, xolos. Shuningdek, sobiq er-xotin vasiylik va mol-mulkni bo‘lib olish masalalarini hal qilishi kerak bo‘ladi.