O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 10 nafarga oshib, 75 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemor orasida Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining 11 nafar xodimi ham borligini aytib o‘tgan.

Videoselektor yig‘ilishida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash vaqtida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m kompensatsiya to‘lanishi ma’lum qilindi.