Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Qozog‘istondan kelgan o‘zbekistonliklarning karantindagi xavfsizligini ta’minlaydi (foto)
25-mart, chorshanba kuni, 1157 nafar O‘zbekiston fuqarosi temiryo‘l orqali Qozog‘iston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelindi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.
Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan o‘zbekistonliklar qisqa fursatda Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.
30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o‘zlari uchun ajratilgan hamda dezinfeksiya qilingan shinam xonalardan qo‘nim topdi.
Karantindagi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrul qo‘riqlovi tashkil etilgan.
Izoh (0)