Nigeriya futbol terma jamoasi sobiq o‘yinchisi Ifeanyi Jorj yo‘l trasport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Nigeriya ftubol federatisiyasi Twitter’ida ma’lum qilindi.
BBC nashrining xabar qilishicha, avariya oqibatida yana ikki kishi halok bo‘lgan: Jorjning “Reynjers Interneshnl” klubidagi sherigi Emmanuel Ogbu va do‘sti Eteka Gabriel. Voqea o‘yinchilar Enugudan Lagosga qaytayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Nigeriya terma jamoasi safida ikkita o‘yin o‘tkazgan Jorj 26 yoshda edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)