• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbol koronavirusga qarshi: shifoxonalarga yordam berayotgan klublar, xayriya qilayotgan futbolchilar va koronavirusni jangga chorlagan Zlatan

    Futbol dunyosi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda o‘z yordamini ayayotgani yo‘q: niqoblar sotib olishdan tortib, virusga qarshi kurash uchun pul mablag‘lari yig‘ishga qadar. Quyida shulardan bir nechtasini namuna sifatida taqdim etamiz. Katta ehtimol bunday vaqtda qilinayotgan xayrli ishlar miqdori o‘ylaganimizdan ham ko‘p. Biroq biz ular haqida biroz vaqt o‘tib bilarmiz, balki umuman ular haqida bila olmasligimiz ham mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    — Italiyaning sobiq bosh vaziri va “Milan” klubi sobiq egasi Silvio Berluskoni Lombardiya shahrida koronavirusga qarshi kurash uchun 10 million yevro xayriya qildi. Qayd etish joiz, Italiyaning ushbu hududida virus bilan zararlanganlar soni boshqa hududdagilarga nisbatan ancha ko‘p. Ushbu mablag‘ga 400 bemorni doimiy parvarish qilish imkoniyatiga ega shifoxona qurilishi boshlab yuborildi.

    — “Yuventus”ga egalik qiladigan Anyelli oyilasi Lombardiyaga qo‘shni Pyemont shahriga Berluskoni kabi 10 million yevro taqdim etdi. Bundan tashqari Turin klubi sog‘liqni saqlash mahalliy departamentiga 500 ming yevro miqdorida pul yig‘ib berdi. Ushbu mablag‘ga shifokorlar uchun arzon bo‘lmagan 150 ta respirator sotib olinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    — Donetskning “Shaxtyor” klubi xo‘jayini Rinat Axmetov koronavirus bilan qarshi kurashga 10 million yevro atrofida mablag‘ ajratdi. Ushbu pullarga koronavirusni aniqlaydigan 20 mingdan ortiq ekspress-testlar, tahlil apparatlari, shaxsiy himoya vositalari va yengil sun’iy ventilyatsiya dastgohlari xarid qilinadi. Bundan tashqari Axmetov yana 300 mingta test hamda 200 ta ventilyatsiya apparatlari sotib olib berishni va’da qilgan.
    “Koronavirus — insoniyat birinchi bor katta ko‘lamda duch kelgan og‘ir musibat. Bunday holatda har bir ukrainalik mamlakatimizga aniq qanday yordam ko‘rsata olishi haqida o‘ylab ko‘rishiga ishonaman. Biz chetda turmaymiz — yordam berganmiz, beryapmiz va bunda davom etamiz. Faqatgina kuchlarimizni birlashtirgan holda Ukraina oldida turgan barcha qiyinchiliklarni yenga olishimiz mumkin”, — deydi Axmetov.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    — “Bavariya” hamda Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski ham ko‘ngilli ravishda rafiqasi Anna bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya jamg‘armasiga 1 million yevro xayriya qildi.

    “Hammamiz qiyin vaziyatda qoldik. Hozir barchamiz bitta jamoada o‘ynayapmiz. Kelinglar, ushbu jangda kuchliroq bo‘lamiz. Agar kimgadir yordam berish qo‘limizdan kelsa, keling buni amalga oshiramiz. Hammasi tez orada o‘z o‘rniga tushishiga ishonamiz”, — deyiladi Levandovskilar bayonotida.
    — Levandovskilar qatorida uning klubdoshlari Yozua Kimmix hamda Leon Goretska ham 1 million yevro miqdoridagi mablag‘ni koronavirus bilan kurashga yo‘naltirdi. Ular We Kick Corona platformasini ishga tushirdi. Unga har bir xohlovchi qo‘shilishi mumkin. Xayriya qilish yoki yordam so‘rash imkoniyati yaratildi. “Salomatlik — biz uchun hamma narsa. Hozir esa qanday bo‘lmasin, xoh kichik yoki katta birdamlik zarur. Hamma yordam berishi mumkin”, — deya ta’kidladi Kimmix.

    Yozua va Leonning g‘oyasini Mats Hummels, Leroy Sane, Benedikt Hevyedes kabi futbolchilar qo‘llab-quvvatladi. Ular hozirga qadar 2,5 million yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ishga erishdi. Bundan tashqari Germaniya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylari birgalikda virusga qarshi kurash uchun 2,5 million yevro taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    — “Inter” sobiq xo‘jayini Massimo Moratti Lombardiya sog‘liqni saqlash vazirligiga 1 million yevro ajratdi.

    — Zlatan Ibragimovich Kick the Coronavirus away tashviqot kampaniyasini boshladi. U 100 ming yevro ajratdi. 2 kunda esa kampaniya orqali 300 ming yevro yig‘ishga erishdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    — “Keling birgalikda bu virusni uloqtirib tashlaymiz va bu o‘yinda g‘alaba qozonamiz. Agar virus Zlatanga kelmasa, Zlatan virus yoniga boradi”, — deya chiqish qildi Zlatan Ibragimovich.
    — Xayriya qilgan futbolchilar ro‘yxati ham boyib bormoqda. Ular qatorida Lorenso Insinye (100 ming yevro), Sadio Mane (40 ming funt), Kasper Shmeyxel (20 ming funt) kabi futbolchilarni ko‘rish mumkin.

    — SPAL hujumchisi Andrea Petanya virusga qarshi kurash uchun 30 ming yevro xayriya qildi. Shuningdek, yana 170 ming yevro yig‘ilishida bosh-qosh bo‘ldi. Yig‘ilgan mablag‘lar Milandagi shifoxonalardan biriga taqdim etilgan. “Torino” hujumchisi Simone Zaza 10 ming yevro xayriya qilib yana 50 ming yevro yig‘ilishiga yordam berdi. Hozirda mablag‘ yig‘ish ishlarini faol davom ettirmoqda. “Yuventus” vakli Federiko Bernardeski 50 ming yevro o‘z yonidan virusga qarshi kurash uchun ajratdi. U ham Zaza singari pul yig‘ish ishlarida qatnashmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

    — “Atalanta” muxlislari tashabbus orqali chiqib, 40 ming yevro yig‘di va pullarni Bergamodagi shifoxonalardan biriga taqdim qildi. Bergamo Lombardiyadagi koronavirusdan eng ko‘p zararlangan hududlardan biri bo‘lib turibdi.

    — Klublar ham chetda turgani yo‘q. “Inter” kraundfanding orqali Milandagi Luiji Sako nomidagi shifoxona uchun #TogetherAsATeam shiori ostida mablag‘ yig‘ishni boshlab yuborgan. Futbolchilar 500 ming yevro yig‘ib berdi. Muxlislar esa 100 ming yevrodan ko‘proq mablag‘ yig‘ib berdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan mahalliy sog‘liqni saqlash tashkiloti uchun 300 ming dona niqob xarid qilindi.

    — “Roma”, “Fiorentina”, “Milan”, “Yuventus” klublari kraudfanding orqali har biri 400—500 ming yevrodan mablag‘ yig‘ishga erishdi. Rimliklar bundan tashqari jamoa bilan 200 ming yevro yig‘ib, 8 ming juft tibbiyot qo‘lqoplari, 2 ming shisha antiseptik vositalari, 5 ta yengil sun’iy ventilyatsiya apparatlari va doimiy parvarish uchun bir nechta osma karavotlar sotib oldi.

    — Angliyada chempionat o‘yinlari oxirgilardan bo‘lib to‘xtatildi. Shunga qaramay APL klublari ham qarab turgani yo‘q. Masalan, “Chelsi” klub xo‘jayini Roman Abramovichning topshirig‘i bilan “Stemford Brij” yaqinidagi mehmonxonasini mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga bepul foydalanish uchun taqdim etdi.

    — “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” birgalikda #ACityUnited heshtegi ostida 100 ming funt yig‘di va muxlislarni ham bu xayrli ishga qo‘shilishga chorladi.

    — “Sporting” xo‘jayini Frederiku Varandash qiyin vaziyatda vatani oldidagi burchini uzish uchun asosiy kasbi — shifokorlikka qaytdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    — Taniqli agent Jorje Mendesh 200 mingta tibbiyot xalati, Portudagi shifoxona uchun 3 ta yengil sun‘iy ventilyatsiya apparatlarini sotib oldi. Uning asosiy mijozi Krishtianu Ronaldu esa ona vatanidagi gospitallardan biriga 40 mingta maska sotib olib berdi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    22.03.2020, 17:42   Izoh (0)   52677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yaxshigina pul uchun Habib Nurmagomedov bilan jang qilishga tayyorman” — Xorxe Masvidal

    22.03.2020, 16:21

    Maruan Fellaini ham koronavirus yuqtirib oldi

    22.03.2020, 15:20

    UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang qoldirilmaydi

    22.03.2020, 14:18

    “Barselona” Koutinyoni “Inter” futbolchisiga almashtirishni xohlamoqda

    22.03.2020, 13:36

    Neymar “Barselona”ga yozdayoq qaytishi mumkin. U PSJga bosim o‘tkazmoqchi

    22.03.2020, 12:54

    “Milan” afsonasi Paolo Maldini va uning o‘g‘li koronavirusga yo‘liqdi

    22.03.2020, 11:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.