So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Mudofaa vazirligi karantinga olingan hududlarda nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi

    23.03.2020, 07:25 70153

    O‘zbekiston mudofaa vazirligi koronavirus pandemiyasi sabab karantin hududlarida xavfsizlik va nazorat ta’minlashini ma’lum qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qilgan.

    Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

    Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

    “O‘tgan yilning so‘nggi oylaridan boshlangan koronavirus balosi bugun dunyoning deyarli barcha mamalakatini o‘rgimchak to‘ri misoli qamrab olishga ulgurdi. Afsuski, bu bizni ham chetlab o‘tmadi. Joriy yilning 15-martda yurtimizda ham koronavirusga chalingan bemorlar mavjudligi aniqlandi.

    Ushbu infeksiyasining qamrovi kengaymasligi uchun hukumat darajasida barcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, barcha turdagi ta’lim dargohlarida vaziyat barqarorlashgunga qadar ta’til e’lon qilindi. Jamoat transporti harakati ham to‘xtatildi va boshqa ko‘plab zarur choralar amalga oshirildi.

    Hozirgi kunda chet mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimiz maxsus charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda. Karantinga olingan obyektlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qolaversa, tibbiy nazoratdagi yurtdoshlarimizning o‘zboshimchalik bilan belgilangan hududni tark etishlarining oldini olish maqsadida nazorat choralari kuchaytirilmoqda.

    Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

    Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

    Fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun karantinga olingan obyektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kun-u tun o‘z xizmat faoliyatini olib bormoqda. Xavfsizlikning bu tarzda kuchaytirilishi, shubhasiz, hamyurtlarimiz salomatligi va mamlakatimizning ushbu kasallikdan talafotsiz va tezroq xalos bo‘lishiga zamin yaratadi.

    Karantin chora-tadbirlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning huquqiy himoyasini mustahkamlash, aholiga tegishli tushuntirish ishlari olib borish maqsadida Respublika Harbiy prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari mazkur obyektlarda bo‘ldi. Hamkorlikda olib borilayotgan bu kabi ishlar, albatta, kasallikning chekinishiga xizmat qiladi”, -deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

    Mavzuga doir: 

    • Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi
    • Karikatura: Oilasining salomatligini o‘ylamay, karantindan qochganlarga bag‘ishlanadi
    • IIV koronavirus tufayli “dacha”larga bormaslikni so‘radi
    • Qashqadaryoda koronavirus karantinidan qochmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
    23-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan soni 45 nafarni tashkil etmoqda. Hukumat 65 yoshdan oshganlarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan, jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan, 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi, O‘zbekistonda tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga ham qat’iy choralar ko‘rilishi belgilangan. Toshkentdagi barcha korxona va muassasalarga ishchilarni ta’tilga chiqarish haqida topshiriq berilgan va ish masofadan turib tashkil etilishi mumkin. Aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari faoliyati to‘xtatilmasligi xabar qilingan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Bugun, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Bugun, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Bugun, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Bugun, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?