AQShning Pensilvaniya shtatida 1920-yillardan 1970-yillarga qadar ishlab chiqarilgan retro-avtomobillardan iborat ulkan ombor topildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Business Insider nashrining yozishicha, ushbu avtomobillarning egasi 2018-yilda vafot etgan. Shundan so‘ng, marhumning qarindoshlari ko‘pchilik bexabar bo‘lgan omborni topib olishgan.

Erkak 1961-yildan boshlab avtomobillarni kolleksiya qilishni boshlagan va 90-yillar oxiriga qadar omborini mashinalar bilan to‘ldirib kelgan. Marhum kolleksioner aniq bir markadagi modellarni emas, o‘ziga yoqqan mashinalarni yig‘ish bilan shug‘ullangan.

U hatto o‘rmon yaqinidan 3,5 gektarga teng alohida joy ham sotib olib, u yerda o‘z avtomobillari uchun ombor qurishga uringan. Kolleksiyadan asosan Amerikaning klassik avtomobillari o‘rin olgan, biroq ikkita Volkswagen Beetle ham bor.

Ombordan jami 50 ta avtomobil topilgan. Bundan tashqari butun ombor ushbu mashinalarning turli ehtiyot qismlari bilan to‘lib-toshgan. Marhumning oilasi mashinalarni sotish uchun YouTube’dagi IronTrap Garage kanaliga murojaat qilgan — endilikda mashinalar auksion uchun tayyorlanmoqda.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan ombordan o‘nlab yangi Ford Excursion modellaridan iborat partiya topilgani haqida xabar berilgandi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor