Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan omborda o‘nlab yangi Ford Excursion modellaridan iborat partiya topildi. Ushbu Ford yo‘ltanlamaslariga kamida 15 yildan buyon hech kim minmagan, chunki Excursion’ni ishlab chiqarish 2005-yilda to‘xtatilgan, deb xabar beradi Motor.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Amerika avtomobillarining noma’lum ishqibozi to‘rtta oq, to‘rtta qora va ikkita qumrang Excursion’ni zaxiraga olib qo‘ygan. Sakkizta yo‘ltanlamasga 6,8 litrli V10 quvvatli 310 ot kuchiga ega dvigatel, qolgan ikkitasi 325 kuchli V8 6.0 Power Stroke dizel motori o‘rnatilgan.
Excursion — Ford kompaniyasiga tengishli eng katta yo‘ltanlamas hisoblanadi. Uning uzunligi 5760 millimetr. Modelning asosini uch seksiyali F-250 pikapining o‘qi tashkil etadi.

Mavzuga doir: Yevropaning joriy yildagi eng yaxshi avtomobili nomi ma’lum bo‘ldi








