Chikagoda yo‘l qoidalarini buzgan holda avtoulovini to‘xtatgan haydovchilar uchun sanksiyalar vaqtincha bekor qilindi — ular jarimaga tortilmaydi va mashinalar evakuatsiya qilinmaydi. Bu kabi qaror koronavirus pandemiyasi sabab shundoq ham qiyin moliyaviy ahvolda qolayotgan aholini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qabul qilindi, deb xabar beradi Motor.
Shahardagi ko‘plab tashkilot va korxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, natijada odamlar ishsiz qolgan, bu esa, albatta, ularning daromadlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Chikago hukumati shahar aholisining iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlash uchun imtiyozlar berishga qaror qilib, haydovchilarni noto‘g‘ri to‘xtaganlik uchun jarimaga tortishni bekor qildi. Shunga qaramay, hukumat haydovchilarni YTH sodir etmaslikka chaqirib, shubhali tuyulgan mashinalarni jarima maydonchasiga olib borib qo‘yish huquqini o‘zlarida saqlab qoldi.
Mazkur qoidalar 1-mayga qadar amalda bo‘ladi, ammo koronavirus pandemiyasi davom etadigan bo‘lsa, muddat uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratiladigan bo‘ldi.
Izoh (0)