22-mart, yakshanba kuni tong soat 4:30 da Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga 240 nafar o‘zbekistonlik keltiriladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar bermoqda.
Buxoro xalqaro aeroporti rahbari Tohir Bahronovning ta’kidlashicha, xorijdan qaytarilgan fuqarolar Sitorai Mohi-Xosa sanatoriysiga 14 kunlik karantinga joylashtiriladi. Sanatoriy to‘liq izolyatsiya holatiga keltirilgan.
Sanatoriyada Turkiyadan keltiriladiganlar karantinga olinishi munosabati bilan kundalik davolanuvchilarga javob berib yuborilgan.
Izoh (0)