2020-yil yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston 1,005 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasida tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda so‘z boradi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, oltin eksporti 2019-yil yanvar—fevral oylariga nisbatan 1,7 foiz o‘sishni tashkil etmoqda. 2020-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,2 foizga teng bo‘lgan.
Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan, 2018-yilda 2,91 milliard dollardan va 2019-yilda 4,9 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)