Ekspertlar oziq-ovqat mahsulotlari uzoq muddat buzilmay saqlanishi uchun ularni qanday saqlash haqida tavsiyalar berdi, deb yozadi “Mir24”.

Foto: “Mir24”

Ayrim mahsulotlar, masalan, sariyog‘, tuxum, souslar, sut va sharbatlarni muzlatgich eshigidagi bo‘lmalarda saqlash mumkin.

Saqlash muddati uncha uzoq bo‘lmagan mahsulotlar, masalan, pishloq va yogurtni muzlatgichning tepa bo‘lmasiga qo‘ygan ma’qul.

Tez buziladigan mahsulotlar — mol go‘shti, tovuq go‘shti, baliq va dengiz mahsulotlarini esa pastroqqa qo‘ysa ham bo‘ladi.

Qayd etilishicha, agar muzlatgichda asosan sabzavotlar va pishloq saqlansa, u holda -12 daraja harorat zarur, go‘sht va baliq uchun esa muzlatgich ichidagi harorat -15 daraja bo‘lishi kerak.

Muzatgichni haddan ziyod to‘ldirib yuborish, shuningdek unga issiq ovqatlarni qo‘yish tavsiya etilmaydi.

Muzlatgichni bir oyda kamida bir marta tozalab turish kerak.

Tozalash vaqtida eskirgan mahsuotlarni tashlab yuborish zarur. Muzlatgich javonlarini yumshoq latta bilan artish kerak. Tozalash jarayonida chistol va boshqa kimyoviy vositalardan imkon qadar kamroq foydalanish tavsiya etiladi.