“Atletiko Portada Alta” futbol klubi tizimida faoliyat yurituvchi murabbiy Fransisko Garsiya koronavirus tufayli vafot etdi, deya xabar qilmoqda Marca.

Foto: Marca

Mutaxassis bir necha kun avval virus bilan zararlanganini bilib qolgan. Olamdan ko‘z yumgan paytga u 21 yoshda edi. Garsiya klubda bolalar jamoasi murabbiyi sifatida ishlardi.

Ta’kidlanishicha, Garsiya avvalroq onkologik xastalikni boshdan kechirgan va shu sabab koronavirus unda og‘ir kechgan. Murabbiy 15-mart kuni Malagadagi shifoxonada vafot etgan. Shu bilan birga u o‘limidan bir qancha vaqt oldin yaxshi holatda bo‘lgan va oilasi bilan muloqot qilgan.

16-mart holatiga Ispaniyada 9407 nafar odam koronvirus yuqtirib olgan. Vafot etganlar soni 335 kishini tashkil etmoqda. 530 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!