Manba ayolning aynan qachon O‘zbekistonga kelganiga aniqlik kiritmadi. Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga so‘nggi ikki reysni 10 va 13-mart kunlari amalga oshirgan.
14-martdan boshlab esa O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi bayoniga muvofiq, O‘zbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.
Koronavirusga chalingan ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. “Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda”, — dedi manba.
Izoh (0)