Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bemor Fransiyadan kelgan

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda

1 daqiqa o‘qish760 426 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Uzbekistan Airways matbuot xizmati

Davomi: O‘zbekistonda koronavirus aniqlandi, Navro‘z bekor qilindi, maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar

15-mart kuni soat 6:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirusi infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qildi.

“Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda”, — deyiladi agentlik axborotida. Agentlik holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarosida koronavirus kasalligi qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar