Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida inson o‘limi bilan yakunlangan mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
11-mart kuni soat 09:00 larda, Nukus shahar “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” 4R176 yo‘lining 2-kilometrida haydovchi A.B. boshqaruvidagi Matiz avtomobilida oldinda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan va qarshisidan kelayotgan haydovchi T.A. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” bilan to‘qnashgan.
Natijada, Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etgan.
“Gazel” rusumli transport vositasining 17 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Avvalroq Nukusda traktor va Nexia to‘qnashuvi oqibatida avtomobil yonib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)