• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “‘Oliy Darajali Do‘stlik’ ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “‘Oliy Darajali Do‘stlik’ ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan.

    Qonunga ko‘ra, “Oliy Darajali Do‘stlik” O‘zbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga kiradi. “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni ko‘krakning o‘ng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi.

    Qonunga ilova qilingan “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, orden bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari taqdirlanadi.

    Shuningdek, atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ma’naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko‘zga ko‘ringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari ham mazkur orden bilan mukofotlanadi.

    “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlashda yuqorida qayd etilgan shaxslarning O‘zbekiston bilan o‘zaro do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgani, faol tashabbuslarni ilgari surgani va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bag‘ishlagani hamda O‘zbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari inobatga olinadi.

    Shuningdek, “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan:

    • O‘zbekiston Respublikasi bilan chet davlatlari o‘rtasida har tomonlama manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro hurmat va ishonchni kuchaytirishdagi shaxsiy hissasi;
    • xorijiy mamlakatlarning xalqlari bilan do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasida ko‘rsatgan alohida xizmatlari;
    • umuminsoniy va milliy ma’naviy qadriyatlarni, tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish va keng targ‘ib etish, turli xalqlar madaniyati va san’atini yanada boyitishdagi faol ishtiroki;
    • tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, yirik ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni yaratish hamda turli sohalarga tatbiq etishda erishgan salmoqli natijalari;
    • ilm-fan va ma’rifat, madaniyat, san’at va adabiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarini, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish borasidagi katta yutuqlari;
    • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashdagi ko‘p yillik va fidokorona mehnati;
    • kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizni demokratik yangilashdagi roli va ahamiyatini oshirish, jamiyat va davlat o‘rtasidagi tizimli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari;
    • ekologik muammolarni hal etish, sayyoramiz va mamlakatimizda qulay atrof-muhitni ta’minlash, inson genofondini saqlash, bioxilma-xillik va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, hozirgi va kelgusi avlodning ekologik xavfsizligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan ko‘p yillik samarali faoliyati;
    • xalqaro miqyosdagi ulkan jamoatchilik, gumanitar va xayriya faoliyati uchun mukofotlanadi.
    Mazkur orden bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti hisoblanadi.

    Nizomga ko‘ra, “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi hamda farmoni bilan amalga oshiriladi. Ordenni va mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli hujjatni topshirish O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.

    O‘zbekiston Prezidentini “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

    Nizomda qayd etilishicha, “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alarini oladi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

    Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    11.03.2020, 21:58   Izoh (0)   13880
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Rossiya va Turkiyaning tibbiyot universitetlari filiallarini ochish rejalashtirilmoqda

    11.03.2020, 21:42

    Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi

    11.03.2020, 21:26

    Toshkentdagi 100 ga yaqin tibbiy muassasada elektron tibbiy karta joriy etiladi

    11.03.2020, 20:56

    Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi

    11.03.2020, 20:43

    Zoir Mirzayev rahbarlarga qishlog‘i uchun kutubxona qurish talabini qo‘ygandi. Birinchi kutubxona Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida ish boshladi

    11.03.2020, 20:27

    O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi

    11.03.2020, 20:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.