7-mart, shanba kuni, Iordaniyaning Amman shahrida Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa doirasida navbatdagi janglar o‘tkazildi.
-57 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan o‘zbekistonlik Miraziz Mirzahalilov hindistonlik Gavrav Solankini mag‘lub etdi va navbatdagi bosqichga chiqdi.
-52 kilogramm vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov esa indoneziyalik Suguro Adamsni taslim qilib, chorak final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi.
Izoh (0)