Meksikalik 29 yoshli bokschi Saul Alvares (53-1-2, 36 KO) o‘zining navbatdagi jangini may oyida o‘tkazadi, deb xabar beradi BoxingScene.
“Kanelo”ga ushbu jangda britaniyalik 30 yoshli Billi Jo Sonders (29-0, 14 KO) raqiblik qiladi. Jang 2-may sanasiga belgilangan bo‘lib, ikkinchi o‘rta vazndagi WBO chempionlik kamari uchun kechadi.
Alvares—Sonders jangiga Las-Vegasdagi T-Mobile Arena jang saroyi mezbonlik qiladi. Jangni DAZN onlayn platformasi to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)