Andijon shahrining o‘nlab mahallalaridagi xonadonlarda 6-mart kuni soat 17:00 ga qadar gaz ta’minoti bo‘lmaydi. Bu haqda “Hududgaz Andijon” kompaniyasi ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, 6-mart, juma kuni “Kuyganyor-3” gaz tarqatish shoxobchasi tarmog‘ida, Yu.Otabekov ko‘chasiga tutash hududlarda, “Bog‘ishamol-2” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasining (GTSh) 1- va 2-tarmoqlarida ta’mirlash va olovli ishlar olib boriladi.
Shu munosabat bilan Andijon shahrining Shimoliy kichik va Qo‘shariq dahalari, “Istiqlol” (8-son), “Qo‘shariq” (9-son), “Shifokor”, “Yaxshi” mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘ramidagi aholi xonadonlarida, shuningdek, “Yoyilma” (1-son), “Sog‘lom avlod” (2-son), “Iqbol”, “O‘rikzor” (3-son), “Barkamol” (4-son), “Qoratut” (5-son), “Bog‘i Eram” (A.Bakirov), “Buyuk ipak yo‘li” (H.Ahmedov), “Yangi hayot”, “Bog‘ishamol”, “Chorvador”, “O‘zbekiston 20 yilligi” (Y.Oxunboboyev), “Pistamozor” va “O‘zbegim” (Sulton Jo‘ra) mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilar hududlarida 6 mart kuni soat 9:00—17:00 oralig‘ida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. ‘Hududgaz Andijon’ kompaniyasi ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi”, — deyiladi kompaniya axborotida.
Izoh (0)