Janubiy Koreyada o‘tgan sutka ichida COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanishning 438 ta yangi holati qayd etildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Shunday qilib, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 5766 nafarga yetdi, vafot etganlar soni esa 35 kishini tashkil etmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2931 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada epidemiologiya xavfi to‘rtinchi — “qizil” darajaga ko‘tarilgan, koronavirus tarqalish xavfi yuzasidan mamlakatda safarbarlik e’lon qilingan. Tegu shahrida virus bilan kasallangan 61 yoshli ayol Sinchxonji diniy tashkilotiga kelib, o‘zi bilmagan holda minglab odamlarga virusni yuqtirgan edi. Shu sababli Janubiy Koreyani jahondagi uchinchi eng yirik koronavirus o‘chog‘iga aylantirgan ushbu tashkilotni yopish talab qilingan.
Mavzuga doir:
- Samsung koronavirus bilan kasallangan xodim sababli Janubiy Koreyadagi korxonalaridan birini yopdi
- Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi
- Janubiy Koreyada ham koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holati kuzatildi
- Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan 28-bemor kasalxonaga yotqizildi
- Janubiy Koreyada 24-marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi
Izoh (0)