• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreya koronavirusning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hammasiga mahalliy diniy sektaga a’zo ayol sababchi

    Janubiy Koreyada yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 204 ta holat aniqlandi. Mamlakat kasallanish ko‘lami bo‘yicha Xitoy (u yerda 75 mingdan ortiq kishi kasallangan) va Yaponiyadan (u yerda 700 dan ziyod koronavirus bemori bor) so‘ng epidemiyaning jahondagi uchinchi eng yirik o‘chog‘iga aylandi. Hafta boshida ham Janubiy Koreyada yangi virus bilan xastalanganlar soni 30 kishidan kamroq edi, ammo payshanba kuni ularning soni 100 kishiga yetdi, juma kuni esa 200 kishidan oshib ketdi. Bugun poytaxt Seuldan 300 kilometr masofada joylashgan va 2,4 million aholi istiqomat qiladigan Tegu shahri COVID-19 ning bosh o‘chog‘iga aylangan, deb yozadi Meduza.

    Tegudagi Sinchonji cherkovi binosiga sanitar ishlov berilmoqda, 2020-yil, 19-fevral.

    Tegudagi Sinchonji cherkovi binosiga sanitar ishlov berilmoqda, 2020-yil, 19-fevral.
    Foto: AFP

    Janubiy Koreya rasmiylari 204 ta kasallanish holatidan kamida 144 tasini nasroniylarning Sinchonji diniy tashkiloti bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda. Tashkilotga 1984-yilda o‘zini Iso Masihning in’ikosi deb hisoblaydigan koreys ruhoniysi Li Man Xi asos solgan. Ushbu sekta jahonning turli mamlakatlarida 200 mingdan ortiq izdoshga ega. Ta’kidlanishicha, Sinchonji a’zolari kasalliklarga befarq; ular hayotning abadiyligiga ishonadi va inson xastalanib vafot etsa, bu uning e’tiqodi kuchsizligidan, deb hisoblaydi.

    Tegudagi koronavirus tarqatuvchisi sifatida Sinchonji sektasi a’zosi hisoblangan 61 yoshli ayol ko‘rsatilmoqda. Unda kasallik alomatlari 10-fevraldayoq paydo bo‘lgan, biroq, xabar berishlaricha, u virus bor-yo‘qligini aniqlab beruvchi testdan o‘tishni ikki marta rad etgan va bu qarorini xorijga chiqmagani bilan izohlagan. Ayolda COVID-19 ning borligi aniqlanguniga qadar, u kamida ikkita yakshanba ibodatida qatnashishga ulgurgan. Xabar berishlaricha, bu ayol koronavirusni yuqtirib olgani tasdiqlangan Janubiy Koreyadagi 31-odam bo‘ldi, ayni vaqtda u ushbu virusning mamlakatdagi eng mashhur tarqatuvchisi hamdir. Kasallik unga kimdan yuqqani hozircha aytilmayapti.

    Sinchonjining oxirgi yakshanbalardagi ibodatlarida bu ayol bilan birga yana mingdan ortiq odam qatnashgan. Ularning barchasidan o‘zaro muloqotni to‘xtatish so‘ralgan, koronavirusga tekshirish boshlangan. Sektaning 544 a’zosi o‘zida kasallik belgilari borligini bildirgan. Sinchonji Tegudagi jamoat faoliyatini, ibodatlar va yig‘inlarni to‘xtatgan va uzr so‘rab, tashkilot a’zosi o‘zini bor-yo‘g‘i shamollagan deb o‘ylaganini ta’kidlagan. Sinchonjining asoschisi esa bo‘layotgan voqealarni “shaytonning kirdikorlari” deb atab, izdoshlarini birga yig‘ilmaslikka va rasmiylarning ko‘rsatmalariga bo‘ysunishga chaqirgan.

    Koronavirus tarqalib ketgani bois, kattaligi bo‘yicha Janubiy Koreyaning to‘rtinchi shahri hisoblangan Tegu “alohida e’tibordagi hudud” deb e’lon qilingan. U yerga qo‘shimcha shifokorlar, koykalar va tibbiyot uskunalari yuborilgan. Tegu meri vaziyatni “beqiyos inqiroz” deb ta’rifladi, aholini ortiqcha zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirgan. Kasalxonalarda zotiljamga chalingan barcha bemorlar tekshirilmoqda, bolalar bog‘chalari va kutubxonalar yopilgan, keksalarga yordam ko‘rsatish markazlarida nazorat kuchaytirilgan, harbiy qismlarga kirish-chiqish cheklangan. Shahar aholisi Tegu ikkinchi Uxanga aylanishi mumkinligidan xavotirda (Xitoy koronavirusi aynan Xitoyning Uxan shahridan tarqala boshlangan edi).

    Tegudan tashqari unga qo‘shni kichikroq — Chxondo shahri ham “alohida e’tibordagi hudud” deb e’lon qilingan. Mahalliy kasalxonada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 16 ta holat aniqlangan, bemorlardan biri vafot etgan (bu Janubiy Koreyada yangi virusdan vafot etish bilan bog‘liq ikki holatdan dastlabkisi edi). Rasmiylar koronavirus infeksiyasining ushbu o‘chog‘iga Tegudagi “31-bemor”ning qanchalik aloqadorligini tekshirmoqda. Avvalroq bu ayol Sinchonjining boshqa a’zolari bilan birga fevral oyi boshida sekta asoschisi akasining dafn marosimida qatnashish uchun Chxondodagi kasalxonaga kelib ketgani aytilgan edi. Biroq keyinroq rasmiylar bu xabarlarga aniqlik kiritib, ayol haqiqatan ham Chxondoda bo‘lgani, biroq kasalxonaga bormaganini ma’lum qildi.

    21.02.2020, 22:41   Izoh (0)   110588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh razvedkasi Rossiya Trampni qayta prezident qilish uchun harakat boshlaganini ma’lum qildi

    21.02.2020, 19:09

    Xitoy yangi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini aprel oxirida boshlashi mumkin

    21.02.2020, 18:10

    Trampning “Rossiya ishi”da ayblangan sobiq maslahatchisi 40 oy qamoq jazosiga hukm qilindi

    21.02.2020, 16:42

    Suriya qurolli muxolifati Idlib janubi-sharqida hukumat qo‘shinlariga hujum uyushtirdi

    21.02.2020, 16:26

    Efiopiyaga uzoq yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan toj qaytarildi

    21.02.2020, 15:45

    Diamond Princess kemasini tark etgan 11 amerikalikda koronavirus aniqlandi

    21.02.2020, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.