Samarqand viloyati hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari joylashgan ko‘cha va ichki yo‘llarda transport vositalarining harakat tezligi soatiga 30, 40 va 50 kilometrgacha cheklandi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan 29-fevral, shanba kuni, imzolangan qaror viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida harakat xavfsizligini ta’minlash, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra, viloyat hududidagi 815 ta maktab va maktabgacha ta’lim muassasi yaqiniga 30 km/s, 40 km/s yoki 50 km/s tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, viloyat IIB YXXBga 2020-yil yakuniga qadar viloyat hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari joylashgan ko‘chalar hamda ichki xo‘jalik yo‘llariga avtotransport vositalarining harakatini cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda tizimli nazorat o‘rnatish topshirildi.
Avvalroq “Yuksalish” harakati aholi yashash punktlarida transport harakati tezligini 60 km/soatga pasaytirishni taklif qilgan edi.
Izoh (0)