“Liverpul” Angliya Premyer Ligasining 28-turida “Uotford”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (0:3).
Mazkur o‘yindan keyin mersisaydliklarning APLdagi 44 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa “Arsenal”ning rekordini takrorlay olmadi. “Kanonirlar” 2003—2004-yillarda ketma-ket 49 turda yutqazmagan edi.
Shuningdek, “Liverpul” Angliya chempionatida 37-o‘yinga kelib gol ura olmadi. Bundan avvalgi 36 bahsda jamoa maydonni golsiz tark etmagan edi. So‘nggi bor “qizillar” APL doirasida 2019-yilning 3-martida “Everton”ga qarshi bahsda (0:0) to‘p kirita olmagandi.
“Liverpul” mazkur o‘yinning birinchi bo‘limida “Uotford” darvozasi tomon bor-yo‘g‘i bir marta zarba yo‘llangan. Bunaqasi Klopp qo‘l ostidagi 172 ta APL o‘yinida 2-marta kuzatildi. 2017-yil “Chelsi”ga qarshi to‘qnashuvda ham shunday natija qayd etilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)