Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) 1-mart tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Texas shtatida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Madrimov venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 6-raundda yakuniga yetdi. Madrimov raqibini dastlab nokdaun holatiga tushirgan bo‘lsa, keyin oradan hech qancha o‘tmay nokautga uchratdi. Shu tariqa Isroil WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi.
Izoh (0)