O‘tgan 2019-yil davomida jami 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Shuningdek, 11 nafar o‘zbekistonlik erkak Turkiya fuqarolariga uylangan. Bu haqda Turkiya statistika tashkiloti tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: “Zamin.uz”

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda Turkiyada 23264 nafar chet ellik ayol va qiz turkiyalik erkaklarga turmushga chiqqan. Bunda chet ellik kelinlar soni oshgan, ammo chet ellik kuyovlar soni o‘zgarishsiz qolgan.

O‘tgan yili Turkiyada umumiy 541424 ta juftlik turmush qurgan. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil chet ellik kelinlar soni chet ellik kuyovlar soniga nisabatan ortgan.

O‘tgan yilda xorijdan Turkiyaga kelin bo‘lib tushganlar 23264 nafar bo‘lib, bu umumiy kelinlar soniga nisbatan 4,3 foizni tashkil etdi. Xorijdan Turkiyaga kuyov bo‘lganlar esa 4580 nafar bo‘lib, umumiy kuyovlar sonining 0,8 foizni tashkil qiladi.