Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 27-turida “Liverpul” 24-fevral, dushanba kuni “Vest Hem”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

“Enfild” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydon egalari irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Jorjinyo Veynaldum “qizillar”ni oldinga olib chiqdi, biroq oradan uch daqiqa o‘tib londonliklar Issa Diopning aniq zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Pablo Fornals mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 68-daqiqada Muhammad Saloh raqib darvozabonining oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib muvozanatni tikladi. 81-daqiqadagi Sadio Manening goli esa Yurgen Klopp shogirdlariga g‘alaba olib keldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Liverpul” ochkolarini 79 taga yetkazib olgan holda eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Siti”ni 22 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Vest Hem” (24) esa 18-pog‘onada qoldi.

Foto: APL

APL

27-tur bahsi

24-fevral, dushanba

“Liverpul” — “Vest Hem” 3:2

Gollar: 1:0 — 9 Veynaldum, 1:1 — 12 Diop, 1:2 — 54 Fornals, 2:2 — 68 Saloh, 3:2 — 81 Mane.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, van Deyk, Veynaldum, Fabinyo, Keyta (Oksleyd-Chemberlen, 57), Mane (Matip, 90), Firmino, Saloh.

“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Diop, Ogbonna, Ngakia, Snodgrass (Bouen, 84), Rays, Souchek (Fornals, 47), Felipe Anderson (Aller, 65), Antonio, Nobl.

Ogohlantirishlar: Rays (51), Diop (66), Nobl (80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!