Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida qishki sport turlarining tog‘-chang‘i yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda o‘smirlar va yoshlar tog‘-chang‘isining slalom va gigant slalom yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Besh kun davom etgan chempionatda “Yangiobod”, “Chimyon” chang‘i kurort maktablari o‘quvchilari va respublikaning turli hududlaridan kelgan 11 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar havaskor sportchilar qatnashdi. O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 4-fevralda imzolangan “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqa yakunida ishtirokchilar 49 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. Ular orasida milliy terma jamoa a’zolari, Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari bor.
Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari, Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.
Izoh (0)