AQShning Vermont shtatidan senator Berni Sanders Demokratlar partiyasining Nevadadagi kokusida (2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida yagona nomzodni aniqlash jarayoni) g‘olib chiqdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Sanders bu shtatda saylovchilarning 42,6 foiz ovozini to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni ikki baravardan kamroq ovoz bilan (20,7 foiz) sobiq vitse-prezident Jo Bayden egalladi.
Uchinchi o‘rinda Indiana shtatidagi Saut-Bend shahrining sobiq meri Pit Buttijich (15,1 foiz), to‘rtinchi o‘rinda esa Massachusets shtatidan senator Elizabet Uorren (9,5%) qayd etildi.
“Biz hozirgidek ochko‘zlik, korrupsiya va yolg‘on emas, balki ezgulik, muhabbat va haqiqatga asoslangan hukumat tuzishimizga ishonaman. Jamoamiz nafaqat Nevada, balki butun mamlakatda g‘alaba qozonishga qodir turli yosh va irqdagi koalitsiyani jamlagan”, — dedi Sanders.
Izoh (0)