Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining joriy haftadagi eng yaxshi o‘yinchisi nomi e’lon qilindi.

Foto: UEFA

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Borussiya D” hujumchisi Erling Holand haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Norvegiyalik futbolchi PSJga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) ikkita gol urishga erishdi.

Undan tashqari ushbu sovrin uchun Renan Lodi (“Atletiko”), Hans Hatebur (“Atalanta”) va Ugo Lyoris (“Tottenhem”) kabi futbolchilar da’vogar bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!