UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Foto: UEFA

Undan “Atalanta” klubining to‘rt nafar, “Atletiko”ning uch nafar va “Leypsig”ning ikki futbolchisi o‘rin oldi.

Darvozabon: Peter Gulachi (“Leypsig”)

Himoyachilar: Renan Lodi, Felipe (ikkisi “Atletiko”), Konrad Laymer (“Leypsig”), Hans Hatebur (“Atalanta”);

Yarim himoyachilar: Saul Niges (“Atletiko”), Denis Cherishev (“Valensiya”), Remo Froyler (“Atalanta”);

Hujumchilar: Mario Pashalich, Yosip Ilichich (ikkisi “Atalanta”), Erling Holand (“Borussiya D”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!