• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fuqarolar yig‘inlari raislariga Prezident farmoni bilan qo‘shimcha vakolatlar berildi

    O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Farmonga muvofiq, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilmasida:

    a) quyidagi lavozimlar tugatildi:

    fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi.

    b) quyidagi lavozimlar kiritildi:

    fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis, fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi.

    v) quyidagi jamoatchilik tuzilmalari tugatildi:

    yarashtirish komissiyasi, ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya, jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi.

    g) quyidagi komissiyalar tashkil qilindi:

    oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya.

    Hujjatda belgilanishicha:

    • fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarish profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan taqdirda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatiladi;
    • har bir mahallada uning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqqan holda kamida bir nafardan profilaktika inspektori xizmatni olib boradi;
    • fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
    • oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, oilalar soni 2 000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
    • fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
    • fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;
    • fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis fuqarolar yig‘ini raisi taqdimiga asosan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
    Fuqarolar yig‘ini raisiga quyidagi qo‘shimcha huquqlar berildi:
    • tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni rag‘batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish;
    • uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritish;
    • ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish.
    Ichki ishlar vazirligining quyidagi lavozimlarni o‘zgartirish bo‘yicha taklifi ma’qullandi:

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari lavozimiga;

    tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshliqlari, yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari tegishincha tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlariga.

    Farmonda 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilingan.

    Mavzuga doir: FHDYo organlari 2020-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari agentligining tasarrufiga o‘tadi

    Avval mazkur garmon bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilayotgani Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodini ma’qullangani xabar qilingandi.

    19.02.2020, 06:36   Izoh (0)   53310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 3 ta mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

    18.02.2020, 23:57

    O‘zbekistonda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida uch yilda 543 kishi halok bo‘ldi

    18.02.2020, 23:13

    Yangiyo‘l va Bekobod tumanlarida ham hokim o‘zgardi

    18.02.2020, 22:58

    “Xalq banki” boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    18.02.2020, 22:27

    Yunusobodda Nexia haydovchisi bir necha bolani urib yuborgani bo‘yicha sud ishiga jurnalistlar kiritilmadi

    18.02.2020, 22:12

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga to‘ylarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kiritilishi kutilmoqda

    18.02.2020, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15

    Rossiya ukrainaliklarga yordam bergan faolni 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi

    Dunyo | 20 iyun, 17:07

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 16:59

    Kitob tumani hokimining mahalladagi yordamchisi o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:56

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    Reklama | 20 iyun, 15:00

    UNICEF: G‘azoda suv tizimlari ishdan chiqib, sun’iy qurg‘oqchilik yuzaga kelgan

    Dunyo | 20 iyun, 16:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.