Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 24-turida “Barselona” “Xetafe”ga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: La Liga

Kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi ushbu uchrashuvda ham gol ura olmadi. Messi La Ligada so‘nggi 6 yil ichida ilk bor ketma-ket 4 ta o‘yinda gol urishning uddasidan chiqolmadi.

Bungacha Leo “Betis” (3:2), “Levante” (2:1), “Valensiya” (0:2) jamoalariga qarshi bahslarda gol ura olmagandi. U so‘nggi bor Ispaniya chempionati doirasida 19-yanvar kuni “Granada”ga gol urgandi.

Shunga qaramay argentinalik hujumchi ayni damda La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Leo 19 ta o‘yinda 14 ta gol urishga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!