Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 26-turida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” “Norvich”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Yagona golga Sadio Mane mualliflik qildi. Ushbu g‘alaba orqali “Liverpul” ochkolari sonini 76 taga yetkazib oldi. 26-turdan so‘ng 76 ochkoga (25 ta g‘alaba, 1 ta durang) ega bo‘lish nafaqat APL rekordi, balki top-5 chempionatlar orasidagi eng yaxshi natija hamdir.
Avvalgi rekord “Bavariya”ga tegishli edi. Myunxen klubi 2013/14-yilgi mavsum Pep Gvardiola qo‘l ostida Bundesliganing 26 ta turida 74 ochko to‘plagan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)