• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    FIFA 2010 kompyuter o‘yiniga sevimli klubini qo‘shtirgan ijodkor 46 yoshda. Rekordsmen Robbi Uilyams haqida fotomaqola

    Bugun, 13-fevralda Elton Jon tomonidan “XXI asrning Frenk Sinatrasi” deb ta’rif berilgan qo‘shiqchi Robert Piter Uilyams 46 yoshga to‘ldi. Feel, Angels, Supreme va boshqa bir qancha qo‘shiqlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan ijodkor 1974-yil Angliyaning Stok-on-Trent shahrida Uilyamslar oilasida tavallud topgan. 3 yoshligida ota va onasi ajrashgani bois, Robbi hamda opasi Sallini onasi Janet katta qilgan. Robbi biografiyasi o‘rganilganda, aksariyat  muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar bolaligida duch kelgan yoki leybllar tomonidan ularning imijlarini ko‘tarish uchun maxsus tuzib berilganidek qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazmagani, shunchaki omad va o‘zidagi iste’dodi sabab shou-biznesga kirib kelganini bilish mumkin.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    U Mill Hill Primary School maktabini tamomlagach, ta’limni Margaret Ward High School’da davom ettirgan. Maktabni bitirgach onasiga gul do‘konida yordamchi bo‘lib ishlagan. Robbi juda ham harakatchan bo‘lgan, o‘z ustida ishlagan, maktabda bo‘lib o‘tadigan sahna ko‘rinishlarida faol ishtirok etgan. Theatre Royal teatrida namoyish qilingan Oliver Tvist spektaklidagi ijrosini uning o‘zi eng omadli chiqishlaridan deb hisoblaydi. Uning hayoti san’at bilan bog‘lanishiga onasi sababchi bo‘lgan. Janet kunlardan bir kun butun Angliya bo‘ylab o‘g‘il bolalar musiqiy guruhi uchun tanlov o‘tkazilayotgani haqidagi e’lonni olib keladi va hammasi shundan keyin boshlanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Uilyamsning arsenaliga nazar tashlansa, bir qancha plastinkalar, konsert dasturlari va hatto qirolicha Yelizaveta uchun maxsus chiqish qilganini ko‘rish mumkin. Robbining albomlari 59 milliondan, singllari 18 milliondan ortiq, birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida qo‘shiqlari yozilgan disklar 16 millionga yaqin nusxada sotilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yulduzlik kasali yoki erta mashhur bo‘lish sababmi, Robertda o‘smirlik davrida alkogol va narko qaramlik kuzatilgan. 1995-yilda Take That’ning MTV Europe Music Awards’dagi chiqishidan avval guruhning boshqa a’zolari uning rep va hip-hop yo‘nalishda ijro qilishi kerakligi haqidagi fikrini hurmat qilmagani uni asabiylashtirgan va u alamini alkogol va giyohvand moddalardan olgan. Yozgi olimpiyada o‘yinlarining yopilish marosimidagi chiqishi oldidan g‘azablangan Robbi konsertni tark etadi va guruh tarkibi 4 kishi bilan konsertni davom ettirishiga to‘g‘ri keladi. Muxlislarga esa qo‘shiqchi tug‘ruqxonaga, turmush o‘rtog‘ining oldiga ketgani aytilib vaziyat “silliqlanadi”.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Uilyams musiqada rekordsmen hisoblanadi va u qo‘lga kiritgan mukofotlar bilan tanishgach, BRIT Awards o‘z bisotidagi barcha mukofotlarni Robbiga berib yuborgan degan xulosaga kelish mumkin. U jami 18 marta BRIT Awards’ga loyiq deb topilgan, shuningdek, 8 ta German ECHO Awards, 2 karra  Grammy’ga sazovor bo‘lgan. 2005-yilda “Ginnessning rekordlar kitobi”ga daromadi eng ko‘p qo‘shiqchi sifatida kiritilgan. Dunyo bo‘ylab Close Encounters Tour konserti o‘tkazilishi e’lon qilganining ertasi kuniyoq shou uchun 1,6 million chiptalar sotilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2002-yilda Robbi EMI bilan 80 million funtlik shartnoma imzolagan. Tarixda bunday katta daromadli shartnoma faqat Maykl Jekson va Sony/Epic/Warner o‘rtasida tuzilgandi. Karyerasi ortidan millionerga aylangan qo‘shiqchining o‘zi iqtisodiy ahvoli haqida shunday deydi: “Men eng katta orzularni tasavvur qila oladigan darajada badavlatman”.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Rekordlar haqida gap ketganda, 2003-yilning 1­­—3-avgust kunlari Britaniyaning Knebworth Park maydonida o‘tkazilgan konserti haqida ta’kidlamaslikning iloji yo‘q. Konsertga jami 375 ming muxlis tashrif buyurgan, onlayn translyatsiyada bo‘lsa, 3,5 million tomoshabin kuzatgan. Dasturdan keyin taqdim qilingan Live at Knebworth rekord darajada ko‘p sotilgan albom sifatida tarixda qolgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ijodkor faqat ijod bilan band, qiziqishlari ham shu doira bilan cheklangan bo‘ladi, degan fikrni Robbi inkor qiladi. U “Port Veyl” futbol klubining haqiqiy fanatlaridan biri hisoblanadi. FIFA 2010 kompyuter o‘yini uchun It’s Only Us qo‘shig‘idan foydalanishga “Port Veyl” o‘yinga qo‘shilganidan keyingina ruxsat bergan. 2006-yilda Uilyam sevimli klubining aksioneri va egalaridan biri bo‘lgan.

    Ijodkor futbol va xayriya ishlarini birgalikda olib boradi. U Soccer Aid xayriya futbol o‘yinlaridan tushgan daromadni UNICEF fondiga o‘tkazadi va fondni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli xayriya konsertlarini uyushtiradi hamda Give It Sum fondining asoschisi hisoblanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Uilyams san’at, futbol va xayriyadan boshqa siz bilmagan karomatlari ham yo‘q emas. Uning 2005-yilda Kris Xit bilan birgalikda yozgan “Feel” kitobi hamda oradan besh yil o‘tgach esa konsert dasturlaridagi yakkaxon chiqishlaridagi fotolar va ularga Robbi tomonidan berilgan sharhlar bilan jamlangan “You Know Me” kitobi nashrdan chiqqan. Bu hali hammasi emas, 2017-yilda Uilyamsning so‘nggi 13 yildagi ijodidan hisobot, shuningdek, Take That’ga qo‘shilishi, shaxsiy hayoti va boshqalarni o‘z ichiga olgan “Reveal” avtobiografik kitobi taqdim qilingan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yoshlikdagi sho‘xliklar, sevgi romanlarining bari ortda qolgan: ayni damda Robbi sevimli turmush o‘rtoq va mehribon ota. U 2006-yilda amerikalik aktrisa Ayda Fild bilan tanishadi va hayoti tubdan o‘zgaradi. U tufayli giyohvandlikdan qutulishga harakat qiladi va chakishni tashlaydi (yoki tashlagandek tutgan o‘zini) va sog‘lom turmush tarzini tanlagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2010-yilda juftlik Los-Anjelesda turmush qurgan va tantanada Robbi turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlab She’s The One qo‘shig‘ini kuylagan. Oradan ikki yil o‘tib qo‘shiqchi ota bo‘lgan va qizini Teodor Rouz deb nomlagan. 2014-yilda esa Uilyamslar oila az’osi yana bittaga ko‘paygan va unga Charlton Valent deb ism qo‘yilgan.

    13.02.2020, 23:59   Izoh (0)   6835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nargiz Zokirova Rossiyadan nafratlanishi haqidagi gap-so‘zlar bo‘hton ekanligini ma’lum qildi

    01.01.2020, 10:33

    Mashhur fransuz xonandasi va aktrisasi Mari Lafore 80 yoshida vafot etdi (video)

    04.11.2019, 20:04

    Maykl Jekson qatorasiga yettinchi yil o‘limidan so‘ng ham daromad keltirayotgan mashhurlar reytingida yetakchilik qildi

    01.11.2019, 08:02

    AQSh Maxfiy xizmati reper Eminemni Tramp va uning qizi Ivanka haqidagi qo‘shig‘i sababli so‘roq qilgani ma’lum bo‘ldi

    25.10.2019, 18:10

    Xonanda Alisher Zokirov to‘yida onasiga tiz cho‘kib kuylab hammani yig‘latdi (foto va video)

    23.09.2019, 17:07

    Maykl Jeksonning sobiq agenti qo‘shiqchining maxfiy vasiyatini e’lon qildi

    23.08.2019, 17:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.