AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi oktabr oyida boshlanadigan 2021-moliyaviy yil uchun budjet loyihasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Unda daromadlar miqdori 3,7 trillion, xarajatlar esa 4,79 trillion bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Unda Oq uy “Rossiya ta’siriga” qarshi turish uchun 700 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishni taklif qilgan. Bu pullar AQShning Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilariga umumiy xavfsizlikni mustahkamlash va hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun jalb etiladi.
Bundan tashqari, mablag‘larning bir qismi Rossiya qurolidan voz kechishni qo‘llab-quvvatlash va Rossiya energetikasiga tobelikni kamaytirish uchun sarflash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, “Rossiya dezinformatsiyasi va targ‘iboti”ga qarshi kurash uchun 24 million dollar ajratish taklif qilinmoqda.
Bu Donald Tramp administratsiyasi tomonidan AQShda 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari oldidan taklif qilingan so‘nggi budjet loyihasidir.
Izoh (0)