Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogi chorak finalida “Real Sosyedad”ga yutqazib qo‘ydi (3:4).
Shu tariqa madridliklarning 21 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. So‘nggi bor “Real” 19-oktabrga “Malyorka”ga mag‘lub bo‘lgandi (0:1). Shundan keyin jamoa 15 o‘yinda g‘alaba qozondi va 6 marta durang o‘ynadi.
Shuningdek, “Real” Zinedin Zidan qo‘l ostida ilk bor to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.
Bu Madrid jamoasi uchun joriy mavsum “Santyago Bernabeu”dagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bunga qadar “Real”ning uy stadionidagi eng yomon natijasi durang bo‘lib kelayotgandi. Madridliklar La Liga doirasida “Valyadolid” (1:1), “Betis” (0:0) va “Atletik” (0:0), shuningdek, Chempionlar Ligasi o‘yinlarida “Bryugge” (2:2) hamda PSJ (2:2) bilan durang o‘ynagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)