Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining uch joyida “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan” 3.10 yo‘l belgisi o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum qilishicha, ushbu belgilar Mirzo Ulug‘bek tumani Sultoniya ko‘chasidagi yerosti yo‘lagi hamda Yunusobod dehqon bozoridagi yerosti yo‘lagi yonida va Shayxontohur tumanidagi Beruniy va Saqchisimon ko‘chalari kesishmasida (Chorsu bozori ro‘parasida) o‘rnatildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 3.10 “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisi piyodalarning harakatlanishi ularning xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Osiyo ko‘chalari kesishmasida ogohlantiruvchi 1.32 “Tirbandlik” yo‘l belgisi o‘rnatildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ta’kidlanishicha, ushbu belgi vaqtinchalik yoki chorrahalar oldida o‘rnatilgan o‘zgaruvchi tasvirli belgilarda, tirbandlik yuzaga kelgan hududni chetlab o‘tish imkoniyati bor joyda qo‘llaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)