Yaponiyada 4 ming kishilik Diamond Princess sayohat kemasi koronavirus sababli karantinga olingani haqida xabar berilgan edi. Kema bortida jami 2666 nafar yo‘lovchi va ekipajning 1045 nafar a’zosi bo‘lgan. “RBK”ning yozishicha, 6-fevralga kelib bortdagi 20 kishida koronavirus infeksiyasining alomatlari aniqlangan. Nashr karantinda turgan kemadagi hayot aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Foto: “RBK”

Diamond Princess sayohat kemasi 20-yanvar kuni Yaponiyaning Yokogama shahridan jo‘nab ketgan va 3-fevral kuni qaytib kelgan. Sayohat davomida kema Yaponiyaning Okinava va Kyusyu orollaridagi portlari, shuningdek, Gonkong va Vyetnamdan o‘tgan.

Foto: “RBK”

Yaponiyaga samolyotda uchib kelgan 80 yoshli erkak 20—25-yanvar kunlari Diamond Princess bortida bo‘lgan. Gonkongda mazkur yo‘lovchidan koronavirus topilgan.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Kema qabul qilish portiga kirgandan so‘ng uni 14 kun davomida karantinga olishga qaror qilingan.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Barcha kasallanganlar Yaponiyaning Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yuborilgan.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Yaponiya harbiylari kemaga oziq-ovqatlar yetkazib beradi.

Foto: “RBK”

Diamond Princess kemasi 2004-yilda suvga tushirilgan. Bortda bir nechta restoran va bar, spa salon, beshta basseyn, fitness markazi, tennis korti, mini golf maydoni, tungi klub va kazino mavjud.

Ma’lumot uchun, 6-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 500 kishidan oshdi.